Telegram orqali plagiat va AI tekshirish

PlagiatX'ning to'liq tekshiruvi Telegram ichida ham ishlaydi: @PlagiyatX_bot menyusidagi tugma saytni ilova ko'rinishida ochadi. Natija, rangli jumlalar va QR sertifikat — saytdagidek.

Matnni tekshirish →

1. Ilovani oching

Telegram'da @PlagiyatX_bot ni toping, "Start" ni bosing va pastdagi menyu tugmasi orqali ilovani oching (bu faqat bot bilan shaxsiy chatda ishlaydi).

2. Hisob

Birinchi marta yangi hisob ochasiz (rozilik bilan) yoki saytdagi mavjud hisobingizga kirib, uni Telegram'ga ulaysiz. Keyingi safar ilova sizni o'zi taniydi. Email keyin hisob sahifasida qo'shiladi.

3. Fayl yoki matn va to'lov

DOCX, matnli PDF yoki TXT yuklang yoki matnni joylashtiring. Tarif kerak bo'lsa, to'lov Click orqali tashqi brauzerda ochiladi; to'lagach Telegram'ga qayting — ilova to'lovni o'zi tekshiradi va tarif faollashadi.

4. Natija

Natija ilovada ochiladi: plagiat qizil (manbasi bilan), AI ehtimoli yuqori jumla sariq, umumiy originallik va QR kodli PDF sertifikat. Katta hujjat (kitob, monografiya) tayyor bo'lganda bot xabar yuboradi.

Savollar

Faylni botga to'g'ridan yuborsa bo'ladimi?

Tekshiruv ilova ichida bo'ladi: botga yuborilgan fayl o'rniga ilovani ochish tugmasi chiqadi. Shunday qilib natija, tarix va sertifikat bitta hisobda saqlanadi.

Savol bo'lsa kimga yozaman?

Botda /support buyrug'i — murojaat to'g'ridan support guruhiga tushadi va javob shu chatga keladi.

Boshqa maqolalar

Проверка на плагиат и ИИ через Telegram

Полная проверка PlagiatX работает и внутри Telegram: кнопка в меню @PlagiyatX_bot открывает сайт в виде приложения. Результат, цветные предложения и QR-сертификат — как на сайте.

Checking plagiarism and AI text in Telegram

PlagiatX's full check also works inside Telegram: the menu button in @PlagiyatX_bot opens the site as an app. The result, colour-marked sentences and QR certificate are the same as on the website.

Antiplagiat onlayn · AI detektor (ChatGPT) · Originallik foizi · Metodologiya · Dissertatsiya tekshirish · Diplom ishini tekshirish · Maqolani jurnalga tayyorlash · Dissertatsiya talablari · Magistratura · PhD va DSc · GrantGlobus — grantlar · Motivatsion xat · Grant uchun CV · Lebenslauf (nemischa CV) · Blog · Oferta · Maxfiylik · Telegram bot