Ilmiy maqola annotatsiyasini qanday yozish
Annotatsiya — muharrir va taqrizchi birinchi o'qiydigan, xalqaro bazalar esa maqolangizni topadigan qism. Yaxshi annotatsiya 4 savolga javob beradi: nima uchun, qanday, nima topildi va bu nimani anglatadi.
4 qism
- Maqsad: «Tadqiqotning maqsadi — … ni baholash / aniqlash»
- Usul: «… yillardagi … ma'lumotlari … usuli bilan tahlil qilindi (tanlov: … ta)»
- Natija: «… ko'rsatkichi … foizga oshdi / … bilan bog'liqligi aniqlandi» — iloji bo'lsa raqam bilan
- Xulosa va ahamiyat: «Natijalar … uchun … tavsiya qilish imkonini beradi»
Hajmi va tillari
Ko'pchilik jurnallarda 150–250 so'z. OAK jurnallarining ko'pi o'zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya so'raydi. Inglizcha variantni avtomatik tarjimada qoldirmang — atamalarni mutaxassisga tekshirtiring.
Muharrir qaytaradigan 5 xato
- Maqsad aytilmagan — faqat mavzu tavsiflangan
- Usul yo'q: qanday ma'lumot va qaysi usul ekani noma'lum
- Natija raqamsiz va umumiy («muhim natijalar olindi»)
- Kirish bo'limidan ko'chirilgan uzun umumiy gaplar
- Matnda yo'q da'vo yoki raqam annotatsiyada bor
Tekshirib ko'ring
«Maqolani jurnalga tayyorlash» hisoboti annotatsiyaning hajmi, tillari va 4 qismi borligini tekshiradi, yetishmagan qismni ko'rsatadi. Annotatsiyani biz yozmaymiz — qaysi qism yetishmasligini aytamiz: https://plagiatx.uz/maqolani-jurnalga-tayyorlash
Savollar
Annotatsiyada manbaga havola qo'yiladimi?
Odatda yo'q: annotatsiya mustaqil o'qiladigan qisqa mazmun. Jurnal talabida boshqacha yozilgan bo'lsa, unga amal qiling.
Annotatsiya va xulosa bir xil bo'lishi mumkinmi?
Yo'q. Xulosa natijalarni batafsil yakunlaydi, annotatsiya esa butun maqolani — maqsaddan xulosagacha — qisqa aytadi.
Boshqa maqolalar
- Maqolani Scopus va OAK jurnaliga yuborishdan oldin: 10 bandlik tekshiruv — Muharrir maqolani nimadan boshlab o'qiydi va qaysi kamchilik sababli taqrizgacha yetmay qaytaradi: sarlavha, annotatsiya, kalit so'zlar, IMRAD, manbalar, ORCID va jurnal tanlash.
- Soxta (klon) jurnalni qanday aniqlash mumkin — Klon jurnal nima, uning saytini qanday tanish mumkin va maqolani yuborishdan oldin Scopus, DOAJ, OAK ro'yxatlari orqali qanday tekshirish kerak.
- Kurs ishi va referatni plagiatga tekshirish — Kurs ishi, referat va mustaqil ishni topshirishdan oldin tekshirish: qaysi fayl, natija qanday o'qiladi, nimani tuzatish kerak va QR sertifikat.
- Plagiat necha foiz bo'lishi mumkin? — Yagona umumiy foiz yo'q: chegarani OTM, kafedra yoki ilmiy kengash belgilaydi. Talabni qayerdan bilish va natijani to'g'ri o'qish.
- Telegram orqali plagiat va AI tekshirish — Saytga kirmasdan, Telegram ichida: botdagi ilovani ochish, hisob, fayl yuklash, to'lov va natija xabari — qadamma-qadam.
- Antiplagiat xizmatini qanday tanlash kerak: 7 ta mezon — Til, baza, jumla darajasidagi hisobot, AI detektor, sertifikatni tekshirish, maxfiylik va to'lov shartlari — antiplagiat tanlashda nimalarga qarash kerak.
- Dissertatsiya va maqolani antiplagiatdan qanday tekshirish mumkin — Magistrlik, PhD va DSc ishini yoki maqolani tekshirishdan oldin nimani tayyorlash, natijani qanday o'qish va OTM talabini qanday bilish — amaliy qo'llanma.
- Kitob va monografiyani antiplagiatdan tekshirish — Katta hajmli ishni bo'lib-bo'lib emas, bir martada to'liq tekshirish: qancha vaqt oladi, natija qanday ko'rinadi va qaysi tarif mos.
- ChatGPT va akademik ish: AI detektor nimani ko'rsatadi — AI detektor qanday ishlaydi, natijasiga qanchalik ishonish mumkin va ilmiy ishda sun'iy intellektdan halol foydalanish qanday bo'ladi.
- Iqtibos va manbalarni to'g'ri rasmiylashtirish — To'g'ridan-to'g'ri iqtibos, qayta bayon va adabiyotlar ro'yxati: plagiat bo'lmasligi uchun manbalarni qanday rasmiylashtirish kerak — misollar bilan.
- Plagiat foizini halol kamaytirish: 7 ta amaliy qadam — Plagiat foizi yuqori chiqdimi? Natijani to'g'ri o'qish, iqtibosni rasmiylashtirish va matnni qayta ishlashning halol usullari — qadam-baqadam.
- Plagiat sertifikati haqiqiyligini qanday tekshirish — Ilmiy rahbar va kafedra uchun: PlagiatX PDF sertifikatidagi QR-kod va raqam orqali natija haqiqiyligini bir daqiqada tekshirish.
Как написать аннотацию к научной статье
Аннотацию первыми читают редактор и рецензент, а международные базы по ней находят вашу статью. Хорошая аннотация отвечает на 4 вопроса: зачем, как, что найдено и что это значит.
How to write a research abstract
The abstract is what the editor and reviewers read first and what international databases use to find your article. A good abstract answers 4 questions: why, how, what was found and what it means.
Antiplagiat onlayn · AI detektor (ChatGPT) · Originallik foizi · Metodologiya · Dissertatsiya tekshirish · Diplom ishini tekshirish · Maqolani jurnalga tayyorlash · Dissertatsiya talablari · Magistratura · PhD va DSc · GrantGlobus — grantlar · Motivatsion xat · Grant uchun CV · Lebenslauf (nemischa CV) · Blog · Oferta · Maxfiylik · Telegram bot